SUMALAK SAYLI
SUMALAK SAYLI
Termiz shahridagi “Namuna” mahallasining ko‘cha boshi kayvoni onaxonlari va faol ayollari tomonidan Bahor fasli taomi bo‘lgan Sumalak tayyorlanmoqda.
Sumalak tayyorlash anʼanasining tarixi qadim-qadimlarga borib taqaladi. Manbalarda qayd qilinishicha, qadimgi ajdodlarimiz erta ko‘klamda kelayotgan yilning barakali bo‘lishini niyat qilib, o‘simliklardan birini tuyib, shirasini olganlar va marosim amallarini bajarish chog‘ida uni tanovul etganlar.
Darhaqiqat, “Navro‘z” barchamiz uchun sharqona yangi yil debochasi, maʼnaviyatimizning uzviy qismiga aylanib ketgan eng qadimiy, asl milliy bayram sifatida aziz va moʻtabardir. Sumalak esa “Navro‘z”ning shoh taomidir!