FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI TASHKIL TOPGANINING 27 YILLIGI TANTANALI NISHONLANDI

FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI TASHKIL TOPGANINING 27 YILLIGI TANTANALI NISHONLANDI

 

Bugun Termiz shahridagi "Azizbek" tantanalar saroyida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil topganining 27 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

 

Unda shahar hokimi o‘rinbosari Shuhrat Normo‘minov tizim xodimlarini bayram bilan qutlab, shahrimizda favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularning oqibatlarini kamaytirish va samarali bartaraf etish, aholining tinch va xavfsiz hayot kechirishini taʼminlashdagi munosib hissalari uchun minnatdorchilik bildirdi.

 

Tadbirda shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limining bir guruh faol xodimlari shahar hokimi, fuqaro muhofazasi boshlig‘ining faxriy yorliqlari va sovg‘alari bilan taqdirlandilar.