BOZORDAGI NARX-NAVO VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI

BOZORDAGI NARX-NAVO VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI

Bugun Termiz shahar hokimi, prokuror va davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i “Yashil dunyo” dehqon oziq-ovqat bozorida navbatdagi o‘rganish ishlarini olib bordi hamda bozor hududini aylanib, sotuvchi va xaridorlarga yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirdilar.

O‘z navbatida, bozordagi sanitar holat, aholi uchun yaratilgan qulayliklar, mahsulotlarning narxi va sifatini o‘rgangan sektor rahbarlari sotuvchilar bilan suhbatlashdi.

Asosiy eʼtiborni narxlarni sunʼiy oshib ketishini oldini olishga qaratish lozimligini taʼkidlagan shahar hokimi xaridorlarga qulaylik yaratish, birlamchi oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari zaxirasini to‘liq bo‘lishi, shuningdek mutasaddilarning o‘z ishiga vijdonan yondoshishi kerakligi yuzasidan tegishli vazifa va topshiriqlar belgilandi.