RASMIY MUNOSABAT

RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoq orqali “Termiz shahar Farovon massivi 5 dom, 3 kv, 3 mavzeda joylashgan ko‘p qavatli uylarni qurilish inspeksiya nazorati yaroqli deb xulosa berganidan norozi ekanligidan” shikoyat qilingan murojaat yo‘llangan.

Ushbu murojaat yuzasidan Termiz shahar hokimligi quyidagilarni maʼlum qiladi.

Termiz shahar hokimligi tomonidan Bog‘ishamol mahallasi Farovon massividagi 5 uy, 3 kvartal, 3 mavzeda joylashgan ko‘p qavatli uyni ishchi guruh tuzilib joyiga chiqib o‘rganish yuzasidan aloqador tashkilot rahbarlariga tegishli topshiriqlar berilgan. Yuqoridagi murojaat bo‘yicha ishchi guruhning o‘rganish ishlari yakunlangandan so‘ng natijasi yuzasidan batafsil maʼlumot berilishini maʼlum qilamiz.