PRESS-TUR O‘TKAZILDI

PRESS-TUR O‘TKAZILDI

Mavzu: Mahallalardagi namunali faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilgan loyihalar bilan tanishuv.

Bugun Termiz shahridagi “Surxon sohili” mahallasida navbatdagi press-tur bo‘lib o‘tdi. Unda Termiz shahar Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi direktori Dilshod Normurodov, mahalladagi hokim yordamchisi, shuningdek jurnalist va ijtimoiy tarmoq faollari ishtirok etishdi.

Press-tur davomida ishtirokchilar hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilgan loyihalarni ko‘zdan kechirdilar. Shuningdek, mahalla hududida olti nafar fuqaroni doimiy ish o‘rni bilan taʼminlagan “Ramzan-Mebel-Aziz” mebel ishlab chiqarish masʼuliyati cheklangan jamiyati faoliyati va u yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.

Press-tur davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.