RASMIY BAYONOT

RASMIY BAYONOT

Surxondaryoda yer qimirlashi to‘g‘risidagi xabarlar yolg‘on va asossizdir!

 

Voha aholisi o‘rtasida ayrim tasdiqlanmagan va yolg‘on axborotlar sababli yer qimirlashi, zilzila sodir bo‘lishi haqida xabarlar tarqalgan.

 

Hurmatli fuqarolarimizdan hech qanday vahimaga berilmasliklarini so‘ragan holda, viloyat hududida seysmik xodisalar, yer qimirlashi yoki zilzila sodir bo‘lishi haqida tarqalgan xabarlar mutlaqo asossiz va yolg‘on xabar ekanligini maŹ¼lum qilamiz.

 

Turli g‘araz niyatlarda aholi o‘rtasida yolg‘on xabar tarqatayotganlarga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida bunday holatlarni sodir etganlarga nisbatan javobgarlik belgilanganligini eslatib o‘tmoqchimiz.

 

Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati