RASMIY MUNOSABAT

RASMIY MUNOSABAT

Joriy yilning 20 fevral kuni ijtimoiy tarmoq orqali “Termiz shahar fuqarolari uysiz qoladimi?” sarlavhali videomurojaat e’lon qilindi. Ushbu videomurojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Termiz shahar “Shodlik” mahallasi fuqarolari tomonidan yo‘llangan ushbu videomurojaat 2023 yilning yanvar oyida tasvirga olingan. Unda ko‘tarilgan uy-joy masalasi lavha e’lon qilinishidan avval – 2023 yilning 6 fevral kuni shahar hokimi va prokurori tomonidan birgalikda o‘rganib chiqilgan.

Investor hamda “Shodlik” mahallasi fuqarolari bilan tashkil etilgan uchrashuvda murojaat egalari barcha savollariga investordan batafsil javob olgan. Hozirgi vaqtda investor tomonidan qurilish ishlarini davom etishi borasida loyiha asosida kelishuv jarayonlari olib borilmoqda.