QABRISTONLAR OBODLIGI - KO‘NGIL OBODLIGI...

QABRISTONLAR OBODLIGI - KO‘NGIL OBODLIGI...

Xalqimizda «Qabriston obodligi - ko‘ngil obodligi» degan naql bor. Bu bejizga aytilmagan, qabristonlar bu aholining ma’naviy dunyosi, ajdodlar merosiga munosabati va iymon-e’tiqodi darajasini ifoda etadi.

Termiz shahar hokimligi tashabbusi bilan qabristonni obod qilishdek savobli ishga qo‘l urildi. Xususan, ayni kunlarda Termiz shahar «Chegara» mahallasida joylashgan «Sulton Saodat» qabristonini obodonlashtirish va devor panjaralarni bo‘yoqlash ishlari olib borilmoqda.