Quturish kasalligi tarqalishining oldini olish mavzusida seminar va maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi
Quturish kasalligi tarqalishining oldini olish mavzusida seminar va maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi
Termiz shahar hokimligi yig‘ilishlar zalida shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi, shahar IIB, veterinariya bo‘limi va SEO va JSM vakillari ishtirokida "Odamlar va hayvonlar o‘rtasida quturish kasalligi tarqalishining oldini olishda favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimi xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari" mavzusida seminar o‘tkazildi.
Seminarda shahar hokimining o‘rinbosari K.Ashurov, Viloyat FVB bo‘lim boshlig‘i J.Vappayev, IIB va SEO va JSM vakillari tomonidan mavzu va ishlarni tashkil etish yuzasidan ma’ruza qilindi.
Shundan so‘ng mahallalarga borilib FVDT ning tegishli xizmatlari rahbarlari va mutaxassislarining "Quturish" kasalligining oldini olish, unga qarshi kurashishning usullarini qo‘llash va qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish hamda saqlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish va "Quturish" kasalligi bilan bog‘lik favqulodda vaziyat sodir bo‘lganda tegishli xizmatlar mas’ullarini to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatish bo‘yicha maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.