RASMIY MUNOSABAT

RASMIY MUNOSABAT

 

Termiz shahar hokimligi, ijtimoiy tarmoqlarda “Termiz shahridagi “Qurilish bozori” oldidagi ko‘chada yomg‘ir yog‘ishi natijasida suv to‘planib qolganligi va loyiha bo‘yicha kanalizatsiya suvi qayerga ketishi kerak?” mazmunidagi eʼlon qilingan murojaat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.

 

Termiz shahar “Surxon sohili” mahallasi hududida joylashgan “Qurilish bozori” oldida to‘planib qolgan yomg‘ir suvlari mutasaddi tashkilot xodimlari tomonidan maxsus mashinalar yordamida tortib olinib, muammo bartaraf etilmoqda.

 

Shuningdek, mazkur hududdagi oqar suv va yog‘ingarchilik sababli to‘planib qoladigan suvlar – ariq (lotok) orqali Turkmanariqqa oqib tushishi natijasida yuqoridagi muammolar to‘liq bartaraf etilishi maʼlum qilinadi.