Xotin-qizlarni ijtimoiy va huquqiy qo'llab-quvvatlash dolzarb masala
Xotin-qizlarni ijtimoiy va huquqiy qo'llab-quvvatlash dolzarb masala
O`zbekiston Respublikasining Vazirlar Maxkamasi tomonidan 2021 yil
8 yanvar kuni "Xotin-qizlarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 2-sonli qaror qabul qilingan.
Mazkur qaror bilan Xotin-qizlar muammolarini "Ayollar daftari"ni yuritish orqali tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash bo'yicha vatinchalik tartib tasdiqlangan bo`lib, unga ko'ra, har bir sektor kesimida mahallabay "Ayollar daftari"ga 30 yoshdan oshgan quyidagi toifadagi xotin-qizlarni kiritish belgilangan:
- ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin qizlar;
- boquvchisini yo'qotgan ehtiyojmand xotin-qizlar;
- ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo'lgan xotin-qizlar;
- uy-joyini taʼmirlashga muhtoj I guruh nogironligi bo'lgan xotin-qizlar;
- noturar joylarda istiqomat qilayotgan, o'zining yoki birgalikda yashovchi oila aʼzolarining nomida turar joyi mavjud bo'lmagan xotin-qizlar;
- qaramog'ida bir yoki undan ortiq I va II guruh nogironligi bo'lgan bolalari mavjud yolg'iz ayollar;
- tibbiy himoyaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar (o'zi va birgalikda yashovchi oila aʼzolari og'ir ijtimoiy vaziyatda bo'lgan, surunkali yoki og'ir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan, nogironlik guruhi belgilanmagan, yetarli damromad manbaiga ega bo'lmaganlar);
- huquqiy yordam olishga muhtoj xotin-qizlar;
- psixologik maslahatga muhtoj xotin-qizlar (tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlangan, ijtimoiy muammolari mavjud xotin-qizlar).
Hozirgi kunga qadar "Ayollar daftari" quyidagi tartibda yuritilmoqda:
- xotin-qizlarning muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlari har yarim yil birinchi oyining dastlabki o`n besh kunida uyma-uy yurib o'rganadi;
- xotin-qizlarning muammolari anketa-so'rovnoma orqali aniqlanib, aniqlangan muammolar uch kundan oshmagan muddatda xotin-qizlarning shaxsiy individual anketalariga kiritiladi. bir kun muddatda individual anketalar ko'rib chiqilib, uch kun muddatda anketa maʼlumotlari idora va tashkilotlarning maʼlumotlari bilan solishtiriladi hamda ayollarning ijtimoiy himoyaga muhtojlik darajasi (toifasi) aniqlanadi;
- "Ayollar daftari"ga kiritiladigan xotin-qizlarning ro'yxatlari hamda ularning muammolarini bartaraf etishga qaratilgan "Yo'l xaritasi" loyihasi etti kundan oshmagan muddatda Xalq deputatlari tuman (shahar) kengashiga kiritiladi;
- Tasdiqlangan ro'yxatlar uch kundan oshmagan muddatda Mahalla yagona axborot tizimi dasturiga kiritilib, shu asosda vaqtinchalik tartibda belgilangan xizmatlar ko'rsatiladi.
Joriy yilning birinchi yarimi davomida Termiz shahrida istiqomat qilayotgan 23 964 nafar xotin-qizlar uyma-uy yurib o'rganilgan, ularning muammolar shaxsiy individual anketalarga kiritilib, anketa maʼlumotlari idora va tashkilotlarning maʼlumotlari bilan solishtirilgan hamda ayollarning ijtimoiy himoyaga muhtojlik darajasi (toifasi) aniqlanagan hamda 3639 nafar ayollarga amaliy yordam ko`rsatilgan.
Qayd etilganlardan hulosa qilish mumkinki, ayollarning jamiyatdagi o`rnini oshirish, ularni qiynayotgan muammolarni hal etish dolzarb masala hisoblanadi, ularga amaliy va huquq yordam ko`rsatilgani sababli ko`plab xotin-qizlarning ijtimoiy ahvoli yaxshilandi va yaxshilanib bormoqda.
Termiz tumanlararo iqtisodiy sudi raisi Jumayev Diyor Bozorovich