XАLQ DEPUTАTLАRI TERMIZ SHАHАR KENGАSHINING XXXIV SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

XАLQ DEPUTАTLАRI TERMIZ SHАHАR KENGАSHINING XXXIV SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Sessiyada deputatlar, shahar hokimi va o‘rinbosarlari,sektor rahbarlari, hamda aloqador tashkilot va korxona rahbarlari ishtirok etdi.
Kun tartibida quyidagi masalalar:
-“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston” gazetasiga bergan intervyusidan kelib chiqadigan ustuvor vazifalar to‘gʼrisida”;
-“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning joriy yilning
20- avgust kuni mamlakatimiz tadbirkorlari bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda bildirilgan taklif va mulohazalari to‘g‘risida”;
-“Termiz shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi tomonidan 2021-yil 6 oyida davomida olib borilgan ishlar to‘g‘risida”;
-“Termiz shahridagi jinoiy, fuqarolik, iqtisodiy sudlar raislarining 2021-yilning
I yarim yillikdagi faoliyati yuzasidan amalga oshirilgan muayyan ishlar to‘g‘risida axborotlari to‘g‘risida”;
-“Xalq deputatlari shahar Kengashining doimiy komissiyalari, partiya deputatlik guruhi va shahar Kengashi deputatlarining o‘tgan davr mobaynidagi faoliyati to‘g‘risida”;
-“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2020- yil
16- oktabr kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va ichki bozorda narx-navo barqarorligini saqlash chora-tadbirlari muhokamasi to‘g‘risida” hisobotlar koʼrib chiqildi hamda axborotlar tinglandi.
Sessiyaga qoʼyilgan yuqoridagi masalalar yuzasidan deputatlar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalardan kelib chiqib, kelgusida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.