“Manguzar” suv ishlab chiqarish havzasi hududi yashil maskanga aylantiriladi
“Manguzar” suv ishlab chiqarish havzasi hududi yashil maskanga aylantiriladi
Davlat rahbarining tashabbusi bilan boshlangan, hozirda xalqaro harakatga aylangan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida bahorgi daraxt ko‘chatlari ekish ishlari qizg‘in olib borilmoqda.
Bugun shahar hokimi O‘ktam To‘rayev shahardagi barcha korxona, tashkilot va muassasa rahbarlari bilan "Yashil makon" loyihasi doirasida ishlarni tizimli tashkil etish maqsadida Termiz shahar Suv taʼminoti bo‘limiga qarashli "Manguzar" suv ishlab chiqarish havzasi hududida uchrashdi.
Uchrashuvda shahar rahbari tomonidan mazkur hudud loyihasi ko‘zdan kechirilib, mutasaddilarga tashkilotlar uchun tegishli maydonni taqsimlab berish, ko‘chat ekishga tayyorlash, shuningdek, hududda mevali, manzarali daraxt ko‘chat va qalamchalarini ekish ishlarni belgilangan muddatda yakunlash yuzasidan tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.