Respublikadan kelgan shifokorlar imtiyozli toifaga kiruvchi aholiga bepul jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazmoqda.
Respublikadan kelgan shifokorlar imtiyozli toifaga kiruvchi aholiga bepul jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazmoqda.
Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi shifokorlari tomonidan o‘tkazilayotgan jarrohlik amaliyotlari imtiyozli toifaga kiruvchi aholi vakillariga davlat tibbiy sug’urtasi jamg’armasi mablag’lari hisobidan bepul o‘tkazilmoqda.
Poytaxtdan kelgan shifokorlar tomonidan tayanch-harakati tizimida nuqsoni bo‘lgan fuqarolarga davlat tibbiy sug’urtasi jamg’armasi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq, yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari o‘tkazilib, ularning kelgusida to‘laqonli hayot kechirishlari uchun imkon yaratayapti.