RASMIY MUNOSABAT

RASMIY MUNOSABAT

 Termiz shahar hokimligi ijtimoiy tarmoq orqali “Farovon massividagi 31-sonli bog‘chaga borish yo‘lida suv to‘planib piyodalarning harakatlanishiga qiyinchilik tug‘dirilganligi” bo‘yicha qilingan murojaat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.

 Termiz shahar “Bog‘ishamol” mahallasi Farovon massivida joylashgan 31-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga olib boruvchi yo‘ldagi mazkur holat ikki kun davomida tinimsiz yoqqan yomg‘ir suvlarining to‘planishi natijasida yuzaga kelganligi aniqlandi.

 Ko‘chada to‘plangan yomg‘ir suvlari 16-fevral kuni Termiz shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan maxsus suv nasosi yordamida tortib olinib, muammo bartaraf etilganligi maʼlum qilinadi.