Hokim va yoshlar uchrashuvi: hech bir murojaat eʼtiborsiz qolmaydi
Hokim va yoshlar uchrashuvi: hech bir murojaat eʼtiborsiz qolmaydi
Bugun 1-sektor binosida “Hokim va yoshlar uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hokimi, 1-sektor rahbari O‘ktam To‘rayev “Manguzar” mahallasi yoshlari bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida shahar rahbari yoshlar bilan suhbatlashib, ularning bo‘sh vaqtlari bilan qiziqdi. Shuningdek, yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlarini tingladi.
Ochiq muloqot ko‘rinishida o‘tgan uchrashuvda yoshlarning murojaatlari yechimi bo‘yicha tegishli tashkilot rahbarlariga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.