TIBBIYOT OLIYGOHLARI BITIRUVCHILARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

TIBBIYOT OLIYGOHLARI BITIRUVCHILARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

Bugun, Termiz shahar hokimi O‘ktam To‘rayev va shahar prokurori Xudoynazar Mamatqulov birgalikda Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filiali, Toshkent va Samarqand shaharlaridagi tibbiyot oliygohlarining bitiruvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda shahar rahbari bitiruvchi yoshlar bilan ochiq samimiy muloqot qilib, ularning muammolari, taklif va tashabbuslarini tingladi.

Xususan, talabalarning uy-joy, maʼlum bir soha mutaxassisliklari bo‘yicha xorijiy davlatlarda oylik o‘quv kurslarida o‘qish va boshqa masalalardagi bildirgan fikrlari qo‘llab-quvvatlandi va ularni ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Maʼlumot o‘rnida, joriy yilda Termiz shahar yoshlaridan 84 nafar talabalar oliy tibbiyot akademiyalarini bitiruvchi kurslarida tahsil olishmoqda. Jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida 36 nafar, Toshkent va Samarqand shaharlarida 48 nafar bitiruvchi kurs talabalari hozirgi kunda shahar Tibbiyot birlashmasiga qarashli oilaviy poliklinikalarda Hukumatning tegishli qarori asosida ish bilan taʼminlangan.