Termiz shahrida“Yashil Dunyo” savdo majmuasining ochilish marosimi o‘tkazildi.
Termiz shahrida“Yashil Dunyo” savdo majmuasining ochilish marosimi o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 30 yilligi bayrami arafasida ushbu savdo majmuasining tantanali ochilish marosimida viloyat hokimi T.Bobolov hamda shahar va tuman hokimlari ishtirok etishdi.
“Yashil Dunyo” savdo majmuasi qurilishning loyihaviy qiymati 80.0 mlrd.so‘m, barchasi tadbirkorlar va bank kredit mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan.
Ushbu savdo majmuasi bosh pudratchi “Termiz Taʼmir Qurilish Fayz” ixtisoslashtirilgan taʼmirlash-qurilish tashkiloti tomonidan qurib bitkazildi.
“Yashil Dunyo” savdo majmuasi aholimizga har tomonlama qulay,eng zamonaviy eskolotor va liftlar bilan jihozlangan, sanitariya va ekologik talablarga javob beradigan, muhtasham 3 qavatli savdo majmua binosi hisoblanadi.
Majmua, oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari sotishga mo‘ljallangan bo‘lib, 1-qavatida 96 ta savdo do‘koni va 800 pagonametr savdo rastalari mavjud, 2-qavatda nooziq-ovqat savdosiga mo‘ljallangan 150 ta savdo do‘koni va 1 ta kafe faoliyati tashkil etilgan, yerto‘lada 140 ta do‘kon va ma’muriyat joylashtirilgan.
3-qavatda esa 120 ta do‘kon, 4 ta kafe va bolalar uchun mo‘ljallangan ko‘ngil ochar o‘yingohlari tashkil etilgan bo‘lib, halqimizga bayram tuhfasi sifatida foydalanishga topshirildi. Eng asosiysi, mazkur majmua to‘liq hajmda faoliyat yuritib boshlagandan so‘ng 1300 ga yaqin yangi ish o‘rinlari tashkil etiladi.
Marosim so‘ngiga bayramona to‘kin dastuxon yozildi