Surxondaryoda Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi ko‘tarinkilik bilan nishonlanmoqda
Surxondaryoda Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi ko‘tarinkilik bilan nishonlanmoqda
Bugun Termiz shahridagi Alisher Navoiy haykali bo‘y ko‘rsatib turgan maydon erta tongdan davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, professor-o‘qituvchilar, yozuvchilar, shoirlar, talaba va o‘quvchilar bilan gavjum bo‘ldi.
Bu yerda buyuk mutafakkir tavalludining 582 yilligi munosabati bilan tadbir o‘tkazildi. Unda Hazrat Navoiyning hayoti, boy madaniy merosi va bugungi kundagi qadr-qimmati xususida fikr yuritildi.
Tadbir ishtirokchilari Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambarlar qo‘ydi.
Sanaga bag‘ishlangan tadbir muhtasham Sanʼat saroyida konsert dasturi va mushoira kechasi bilan davom etdi. Shoirlar va talaba-yoshlar Alisher Navoiy g‘azallaridan namunalar o‘qidi. Viloyat musiqali drama teatri sanʼatkorlari “Alisher Navoiy” spektaklidan parchalar namoyish etdi. Buyuk shoir g‘azallari asosida yaratilgan kuy-qo‘shiqlar kuylandi.