"FARHOD" MAHALLASIDAGI MAVJUD MUAMMO VA KAMCHILIKLAR O‘RGANILDI
"FARHOD" MAHALLASIDAGI MAVJUD MUAMMO VA KAMCHILIKLAR O‘RGANILDI
Bugun shahar hokimi O‘ktam To‘rayev boshchiligida mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori (beshlik), mahalla deputati hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari bilan “FARHOD” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida shahar rahbari mahalladagi holatni ko‘zdan kechirib, Bahor mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan aholini jalb qilgan holda tomorqasidagi yerlarni tartibga keltirish, daraxtlarni butash va oqlash hamda tayyorlangan yerga gul va rayhon ko‘chatlarini ekish ishlarini tashkil etish bo‘yicha masʼullarga vazifalar yukladi.
Shuningdek, mahallada o‘zboshimchalik bilan qurilgan binolarni qayta o‘rganib chiqib, qonuniy tartibda chora ko‘rish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni bartaraf etish topshirig‘i berildi.
O‘z navbatida kommunal sohalar va shahar moliya bo‘limi rahbarlariga hududdagi ijtimoiy soha obyektlari va ichki yo‘llardagi mavjud muammolarni hal etish vazifasi belgilandi.
Yakunda masʼullarga hududdagi umumiy muammolarni shahardagi aloqador tashkilotlar bilan birgalikda hal etish maqsadida tegishli chora-tadbirlar belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.