TERMIZ SHAHRIDA AHOLI MUAMMOLARINI “XONADONBAY” O‘RGANISH VA AMALIY YORDAM KO‘RSATISH YUZASIDAN O‘QUV SEMINARI O‘TKAZILDI
TERMIZ SHAHRIDA AHOLI MUAMMOLARINI “XONADONBAY” O‘RGANISH VA AMALIY YORDAM KO‘RSATISH YUZASIDAN O‘QUV SEMINARI O‘TKAZILDI
Shahrimizda aholi muammolarini “xonadonbay” o‘rganish, aniqlangan masalalarni bartaraf etish bo‘yicha har bir mahallaning chora-tadbirlar rejasi va yo‘l xaritalarini ishlab chiqish, aholi bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
Bugun Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida sektor va aloqador tashkilotlar rahbarlari, mahallalarda faoliyat yuritayotgan “beshlik” vakillari ishtirokida ushbu tizimni joriy etish bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi. Unda Prezident Administrasiyasi vakillari F.Azizov, I.Mavlonov va viloyat Xalq qabulxonasi mudiri A.Eshmurodovlar ishtirok etishdi.
Seminarda ma’ruzachilar tomonidan Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumani tajribasi asosida Mahallabay uyma-uy yurib, aholi muammolarini o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Yakunda seminar ishtirokchilari xatlov o‘tkazishda duch kelinadigan ba’zi bir masalalar bo‘yicha berilgan savollariga batafsil javob olishdi.