TERMIZ SHAHRIDAGI BARCHA BEKATLAR AMALDAGI MEʼYOR-QOIDALARGA MUVOFIQLASHTIRILADI

TERMIZ SHAHRIDAGI BARCHA BEKATLAR AMALDAGI MEʼYOR-QOIDALARGA MUVOFIQLASHTIRILADI

Aholining talab va ehtiyojlari, shahrimizning istiqbolli rivojlanishi inobatga olinib, bir qator ijobiy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, bugun Termiz shahar hokimi O‘ktam To‘rayev, sektor rahbarlari va aloqador masʼullar bilan birgalikda shahrimizdagi bekatlar faoliyati, shuningdek, undagi yo‘lovchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

O‘rganish davomida mutasaddilar tomonidan tadbirkorlarga bekatlarni shaharsozlik qoidalariga moslashtirish hamda aholiga qulayliklar yaratilishi zarurligi yuzasidan tushuntirish va ko‘rsatmalar berildi.

O‘z navbatida, amaldagi meʼyor-qoidalarga mos kelmagan bekatlardagi, yaʼni tadbirkorlar tomonidan o‘zboshimchalik bilan bekatning yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan qismida turli xil xizmat ko‘rsatish nuqtasiga aylantirilganligi bo‘yicha mavjud kamchiliklar joyida bartaraf etildi.