NAVBATDAGI MAHALLA SHAHAR HOKIMI NIGOHIDA
NAVBATDAGI MAHALLA SHAHAR HOKIMI NIGOHIDA
Bugun shahar hokimi, 1-sektor rahbari O‘ktam To‘rayev boshchiligida tegishli hokim o‘rinbosari va mutasaddi tashkilot rahbarlari birgalikda “Mehrobod” mahallasida piyoda yurib, mavjud muammo va kamchiliklar o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida shahar rahbari tomonidan mahalla beshligiga aholi tomonidan ko‘cha yoqasiga to‘kib qo‘yilgan qurilishga ishlatiladigan qum-shag‘al va chiqindilarni tozalash, tartibga keltirish, devor va daraxt taglarini oqlash, butash, obodonlashtirish ishlarini tashkil etish, hamda mahalladagi 25-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotidagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, 1-sektor rahbari kichik savdo shoxobchalari va “Guliraʼno” mahallasida joylashgan “Imzo” kompaniyasining Surxondaryo viloyati bosh ofisi masʼullari bilan suhbatlashib, tegishli hududini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish yuzasidan ko‘rsatma berdi.
O‘z navbatida, “Mehrobod” mahallasidagi markaziy ko‘cha yoqasida joylashgan ko‘p qavatli uylarning tashqi fasad qismini bo‘yoqlash ishlarini o‘z muddatida amalga oshirish belgilandi. Yakunda aloqador masʼullarga tegishliligi bo‘yicha berilgan ko‘rsatma, vazifa hamda topshiriqlar ijrosi nazoratga olindi.