MATBUOT ANJUMANI O‘TKAZILDI

MATBUOT ANJUMANI O‘TKAZILDI

Bugun, Termiz shahar hokimining o‘rinbosari Mohira Tagayeva tomonidan  “Ayollar daftari” platformasi bo‘yicha shaharda amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi. Anjumanda ommaviy axborot vositalari vakillari va ijtimoy tarmoq faollari ishtirok etishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

Matbuot anjumanida M.Tagayeva “Ayollar daftari” platformasi bo‘yicha shaharda amalga oshirilayotgan ishlar borasida so‘z yuritdi.

Unda quyidagi fikrlar bildirildi.

Bugungi kunda Termiz shahar aholisining 96 ming 029 nafarini (49,8 foiz) xotin-qizlarni tashkil etadi. Jami mehnatga layoqatli 55 ming 739 nafar xotin-qizlardan, 31 ming 778 nafari (83,2%)ning bandligi taʼminlangan. Xususan, sanoat, savdo, xizmatlar ko‘rsatish sohalarida 49,1 foiz, qurilish sohasida 0,8 foiz, taʼlim sohasida 54,4 foiz, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida 7,2 foiz, moliya, sug‘urta, ilmiy, texnik hamda axborot va aloqa sohalarda 1 foiz xotin-qizlarimiz faoliyat yuritmoqda. Hududdagi 19 ming 985 nafar yakka tartibdagi tadbirkordan 5 ming 456 nafari (27,3 foiz) xotin-qizlarga to‘g‘ri keladi.

Shahrimizda ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir, ishsiz va ijtimoiy faol bo‘lmagan 2 ming 720 nafar xotin-qizlar “Ayollar daftari”ning 3-bosqichida kiritilib, ijtimoiy – huquqiy, psixologik, tibbiy va moddiy yordalar ko‘rsatish orqali qo‘llab-quvvatlandi. 2022-yilning boshidan bugungi kunga qadar daflardagi 2 ming 720 nafariga amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

Shu jumladan, 646 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlarning bandligini taʼminlashga ko‘maklashildi. Tadbirkorlik qilish istagi bo‘lgan 329 nafar xotin-qizlarga kreditlar ajratilib, tadbirkorlik boshlashi uchun ko‘maklashildi. 1 ming 011 nafar boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlarga, 415 nafar ijtimoiy yordamga muhtoj I va II-guruh nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarga, 218 nafar qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi bor ehtiyojmand xotin-qizlarga “Ayollar jamg‘armasi” hisobidan 1 mldr. 775 mln, 520 ming so‘mlik bir martalik moddiy yordam berildi. 37 nafar xotin-qizlarning uy-joyi taʼmirlandi, 87 nafarining ijara kompensatsiya to‘lab berilib, 65 nafar “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning farzandlari “Amudaryo” oromgohida sog‘lomlashtirildi. 40 nafar xotin-qizlarning Samarqand shahriga sayohati tashkil etilib, ichki turizm hamda sport va madaniy-maʼrifiy tadbirlar o‘tkazildi.

2023-yilda ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir, ishsiz va ijtimoiy faol bo‘lmagan 4 ming 980 nafar xotin-qizlar “Ayollar daftari”ning 4-bosqichiga kiritish rejalashtirib olingan.