"Mehr daftari"ga kiritilgan 14 nafar bolalarga ko‘mak ko‘rsatildi
"Mehr daftari"ga kiritilgan 14 nafar bolalarga ko‘mak ko‘rsatildi
Hech bir inson mehr va eʼtibordan chetda qolmaydi. Davlat o‘z fuqarolari uchun qayg‘urishi va ko‘mak ko‘rsatishi zarur. Bu so‘zlar bugungi kunda Yangi O‘zbekistonning bosh maqsadiga aylangan “Inson qadri uchun” tamoyilining amaliy ifodasidir.
Davlat rahbarining tashabbusi bilan ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, ko‘makka muhtoj yetim bolalarni ro‘yxatga olish va manzilli ko‘mak ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish maqsadida “Mehr daftari” platformasi ishga tushirilgan edi. Mazkur platformaga bugungi kunda shahrimizdagi 66 nafar yigit-qizlar kiritilgan bo‘lib, ularga manzilli ko‘mak ko‘rsatish ishlari olib borilmoqda.
Xususan, bugun shahar hokimligida platformaga kiritilgan 14 nafar o‘g‘il va qiz bolalarning xohish istaklari hamda ehtiyojini inobatga olgan holda overlok tikuv mashinasi, televizor va noutbuklar topshirildi.