XALQ DEPUTATLARI TERMIZ SHAHAR KENGASHI FAOLIYATI

XALQ DEPUTATLARI TERMIZ SHAHAR KENGASHI FAOLIYATI

Ayni paytda navbatdagi sessiya oldidan Termiz shahar Kengashining  Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, turizm, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish, Sanoat, transport, qurilish, kommunal soha va aholiga xizmat ko‘rsatish va Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari  bo‘yicha   doimiy komissiyaslarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Kun tartibidagi masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 408-sonli qarori asosida Termiz shahrida 2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2022/2023-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 23-sentabrdagi  522-sonli qarorining shaharda ijrosi yuzasidan shahar hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.Normo‘minovning hisoboti  doimiy komissiya a’zolarlari tomonidan  qizg‘in muhokama qilinmoqda.