XALQ DEPUTATLARI TERMIZ SHAHAR KENGASHI FAOLIYATI
XALQ DEPUTATLARI TERMIZ SHAHAR KENGASHI FAOLIYATI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 408-sonli qarori asosida Termiz shahrida 2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida Bo‘ston mahallasida amalga oshiriladigan obyektlarni xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati O.Sharafutdinova va mahalla raisi O‘.Jumayev tomonidan o‘rganildi. Bo‘ston mahallasi Qirqqiz ko‘chasidagi 44 a ko‘p qavatli uyning kanalizatsiya qismini mukammal tamirlash ishlari 2022-yilning 28-dekabr sanasida boshlanib bugungi kunda qurilish ishlari olib borilmoqda. Mahallaning 0, 1 km ichki yo‘llar asfalt qilish ishlari hali boshlanmagani aniqlandi.