Termiz shahrida keksalar xolidan xabar olindi
Termiz shahrida keksalar xolidan xabar olindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 15 martdagi "Nuroniylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni turmush darajasini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-167-sonli ijrosi taʼminlanmoqda.
Xususan, bugun 25 yanvar kuni viloyat “Nuroniy” jamg‘armasi tomonidan ajratilgan 5 turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini Termiz shahar Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi masʼullari hamda keng jamoatchilik vakillari tomonidan mahallalardagi o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan va yolg‘iz yashaydigan keksalarning xonadoniga borilib, xolidan xabar olindi va ularga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.