Ulug‘bek Qosimovning Termiz shahridagi sayyor qabuli davom etmoqda
Ulug‘bek Qosimovning Termiz shahridagi sayyor qabuli davom etmoqda
Kecha xabar qilganimizdek, bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov aholi muammolarini o‘rganish, murojaatlarini tinglash maqsadida Termiz shahridagi “Sanʼat saroyi”da ommaviy qabul o‘tkazmoqda.
Qariyb yetti soatdan buyon davom etayotgan sayyor qabulda ishtirok etish uchun 350 nafardan ortiq fuqaro ro‘yxatga olindi. Hozirga qadar 176 nafarining murojaati qabul qilindi.
Ommaviy qabulga ishtirok etish uchun ro‘yxatga olish jarayonlari davom etmoqda. Qabul yakunlari bo‘yicha keyinroq batafsil axborot beriladi.