"Daraxtlarni sug‘orish hamda obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish" aksiyasi o‘tkazildi.
"Daraxtlarni sug‘orish hamda obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish" aksiyasi o‘tkazildi.
Bugun, Termiz shahridagi barcha istirohat bog‘larida shahar hokimligi va viloyat ekologiya boshqarmasi hamkorligida "Daraxtlarni sug‘orish hamda obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish" aksiyasi o‘tkazildi. Bu kabi aksiyaning o‘tkazilishi Termiz shahrini yanada obodonlashtirishga va ekologik muhitini yaxshilashga xizmat qiladi. Qolaversa, shahar ichi bo‘ylab Termiz kanalini qurilish ishlari ham davom ettirilmoqda. Termiz kanali ishga tushgandan so‘ng shahrimiz iqlimi tubdan o‘zgarib, ekologik muhiti yangi qiyofa kasb etishi muqarrar.