MUROJAAT VA IJRO
MUROJAAT VA IJRO
Ijtimoiy tarmoq orqali "Abdulla Avloniy" mahallasi 29-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Xursand Kuchayevaning ko‘p qavatli uylarda suvlarning muzlab qolishi va kanalizatsiya quvuridagi nosozlik yuzasidan shahar hokimi O‘ktam To‘rayevga yo‘llagan murojaati - shahar hokimi, prokuror va DSI rahbari bilan birga joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida shahar rahbari ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan ham suhbatlashib ularning murojaatlarini tingladi.
Shundan so‘ng, shahar hokimi nafaqadagi Abduqodir bobo Murodovning xonadoniga kirib, haqiqiy holatni o‘rgandi hamda ushbu xonadon, ko‘p qavatli uydagi muammo va kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish bo‘yicha shahar uy-joy kommunal bo‘limi, shuningdek boshqaruv servis kompaniyasi masʼullariga topshiriq berdi.
O‘z navbatida, mazkur murojaat yuzasidan ko‘p qavatli uyning kanalizatsiya quvurlari yangisiga almashtirildi.