MUROJAAT VA IJRO
MUROJAAT VA IJRO
Bugun shahar hokimi O‘ktam To‘rayev va shahar DSI rahbari “Yulduz” va “Kattabog‘” mahallalariga tashrif buyurib, fuqarolarning murojaatlari yuzasidan uchrashuv o‘tkazishdi.
Uchrashuvda “Kattabog‘” mahallasida tabiiy gaz bosimi pastligi bo‘yicha murojaat qilgan Lola Xolmirzayevaning muammosi tez fursatlarda soha mutaxassislarining saŹ¼y-harakatlari natijasida ijobiy yechim topdi.
Shundan so‘ng rahbarlar fuqaroning xonadoniga borib, murojaat hal etilganligini joyida o‘rganishdi. O‘z navbatida, tabiiy gaz bosimi mahalladagi barcha xonadonlarda yaxshilandi.