MUROJAAT VA IJRO
MUROJAAT VA IJRO
Bugun, Termiz shahar hokimi O‘ktam To‘rayev boshchiligida sektor rahbarlari “Guliston” mahallasi “Fidokor” ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi imkoniyati cheklangan fuqarolar holidan xabar olinib, ular bilan uchrashuv o‘tkazildi. Jarayonda shahar hokimi fuqarolarning xonadonlarida bo‘lib, hozirgi anomal sovuq ob-xavo sharoitida ularning uylaridagi tabiiy gaz taʼminoti bosimi pastligi va boshqa muammolari yuzasidan murojaatlarini tingladi.
Gaz taʼminoti korxonasi rahbariga mazkur hududdagi ko‘p qavatli uy-joylarga tutash bo‘lgan hovli uy-joylarni o‘rganib, tabiiy gazdan noqonuniy va o‘zboshimchalik bilan foydalanib kelayotgan fuqarolarga tegishli chora ko‘rish va gaz bosimini yaxshilash bo‘yicha topshiriq berdi.
Shuningdek, 12-uyda yashovchi imkoniyati cheklangan fuqarolarning uy-joy kredit qarzdorliklarini so‘ndirishda amaliy yordam ko‘rsatilishiga kelishildi.
Suhbat jarayonida 1-guruh nogironi M.Qosimovning murojaati bo‘yicha elektr energiyasidan qarzdorligi bartaraf qilinib, xonadon elektr taʼminotiga ulab berildi. Fuqaro N.Tilabovaning qizi Nazira Yusupovani kasalligi bo‘yicha shahar bosh vrachi shaxsan tekshiruvdan o‘tkazib, dori-darmon vositalari berdi va sog‘ligi doimiy nazoratga olindi. Tadbirkorlik qilish uchun imtiyozli kredit olishda yordam so‘ragan murojaatchiga tez kunlarda kredit ajratishda masʼulga ko‘rsatma berildi.
Uchrashuv yakunida shahar hokimi tomonidan mutasaddi tashkilot rahbarlariga bugunning o‘zida mazkur ko‘p qavatli uylarning yo‘laklarini muzlamadan tozalash hamda tartibga keltirish atrofini obodonlashtirish bo‘yicha qatʼiy topshiriq va ko‘rsatmalar berildi va ijrosi nazoratga olindi.