Yo‘nalishli taksi haydovchilari bilan tushuntirish ishlari olib borildi
Yo‘nalishli taksi haydovchilari bilan tushuntirish ishlari olib borildi
Bugun, Termiz shahar hokimi O‘ktam To‘rayev, sektor rahbarlari, viloyat transport boshqarmasi boshlig‘i va tegishli aloqador masʼullar tomonidan shahar ichki ko‘chalarida tirbandliklarning oldini olish, aholiga jamoat transportida xizmat ko‘rsatish sifati va madaniyatini yanada yaxshilash maqsadida shaharning Afrosiyob (avvalgi Цуранова, mo‘ljal “Lola” kafesi yonida) ko‘chasida joylashgan noqonuniy avtoulovlar to‘xtash joyi taksi haydovchilariga huquqiy tushuntirish ishlari olib borildi
O‘z navbatida, Termiz tumani mahallalariga qatnab kelayotgan quyidagi SHYT-245-246-263-265-266-sonli shahar atrofida qatnovchi taksi (Damas) yo‘nalishlarining oxirgi to‘xtash bekatlari “Yashil dunyo” oziq-ovqat dehqon bozori yonidagi avtoshohbekatga ko‘chirildi.
Bu kabi olib borilayotgan ishlardan ko‘zlangan maqsad yo‘lovchilarga qulay, sifatli, tezkor va xavfsiz jamoat transporti xizmatini ko‘rsatishdan iborat.