Davlat ishi o‘yinchoqmi senga?
Bu iborani hayotimiz davomida ko‘p eshitganmiz. Oldin har bir davlat tashkiloti oddiy odamlar uddalay olmaydigan qanaqadir super qobiliyatlarni talab qiladigandek tasavvur uyg‘otardi. Endilikda davlat xizmatchilarining faoliyati shaffoflikka asoslanadi. Ayniqsa “Davlat xizmati to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi bu boradagi ko‘p noaniqliklarga barham beradi.
Bu qonun, avvalo, davlat organlari va tashkilotlaridagi 118 mingdan ortiq davlat fuqarolik xizmatchilarining faoliyati bilan bog‘liq barcha munosabatlarni yagona qoidalar asosida tartibga soladi.
Barcha uchun bir xil bo‘lgan qoidalar asosida davlat xizmatiga tayinlash va undan bo‘shatish turli rahbarlarning o‘zboshimchaligi, tanish-bilishchilik, mahalliychilik, korrupsiya kabi illatlarga berilib ketishidan saqlaydi.
Davlat xizmatchilarining mol-mulki va daromadlari ustidan qatʼiy nazorat o‘rnatiladi. Shu bilan birgalikda ularning huquqlari ham himoyaga olinadi.