Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi
ATB "Qishloq qurilish bank" Surxondaryo mintaqaviy filialida “Korrupsiya taraqqiyot kushandasi” mavzusida navbatdagi "Maʼrifat soati" o‘tkazildi.
Maʼrifat soatida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Termiz shahar bo‘linmasi bosh mutaxassisi E.Shernayev, Termiz shahar Adliya bo‘limi boshlig‘i A.Jabbarov va bank ishchi-xodimlari ishtirok etishdi.
O‘quv-soatida tashkilotchilar tomonidan korrupsiya tushunchasi,uning shakllari va sabablari. Korrupsiyaning ijtimoiy huquqiy hodisa sifatidagi mazmuni, jamiyatda korrupsiyaga munosabat tushunchalari to‘g‘risida kerakli maʼlumotlar keltirib o‘tildi.