OCHIQ MULOQOT
Budjetdan tashqari pensiya jamg'armasi Termiz shahar bo‘limi boshlig‘i Ilxomjon Kasimov ishtirokidagi ochiq muloqot Ijtimoiy yordamga muhtoj va ijtimoiy nafaqa tayinlash mezonlariga javob beradigan barcha oilalar va shaxslarni ijtimoiy yordam dasturlari bilan qamrab olish xususida bo‘lib o‘tdi.
Imkoniyati cheklangan shaxslarga pensiya tayinlash tartibi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 39-moddasiga binoan “Har kim qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda, shuningdek boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy taʼminot olish huquqiga ega”.
Bundan tashqari Konstitutsiyasining 45-moddasiga asosan Voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolg‘iz keksalarning huquqlari davlat himoyasidadir. Mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni, imkoniyati cheklangan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga eʼtibor qaratilmoqda. Ammo bu borada to‘liq maʼlumotga ega bo‘lmagan fuqarolarimiz ham talaygina. O‘zbekiston Respublikasida davlat pensiya taʼminoti tizimi 1993-yil 3-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti to‘g‘risida”gi qonuni hamda ushbu qonun asosida ishlab chiqilgan meʼyoriy-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Mazkur Qonunning 15-moddasiga asosan Nogironlik pensiyalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 1 va 2 guruh nogironlari deb topilgan shaxslarga tayinlanadi.
Nogironlik pensiyasi agar nogironlik belgilangan kundan boshlab ikki oy ichida pensiya so‘rab murojaat etilgan bo‘lsa, TMEK nogironlikni belgilagan kundan eʼtiboran tayinlanadi. Ushbu pensiya butun nogironlik davri uchun tayinlanadi. 60 yoshdan oshgan erkak va 55 yoshdan oshgan ayol nogironlarga-nogironlik pensiyalari umrbod tayinlanadi. Ana shu nogironlarni qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish faqat ularning arizasiga binoan amalga oshiriladi;
1-guruh nogironlik pensiyasi Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuning 15 ,17 va 26-moddalari Pensiya miqdori fuqaroning ish staji davomiyligi va olgan oylik ish haqi miqdorlarga asosan turli hil miqdorlarda belgilanadi, lekin eng kam miqdori 941 000 so‘m, ko‘z bo‘yicha I guruh nogironligi 1 022 000 so‘m.
2-guruh nogironlik pensiyasi Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 15, 17 va 26-moddalari pensiya miqdori fuqaroning ish staji davomiyligi va olgan oylik ish haqi miqdorlarga asosan turli hil miqdorlarda belgilanadi, lekin eng kam miqdori 698 000 so‘m.
3-guruh nogironlik pensiyasi Chernobil halokatini bartaraf etishda qatnashib nogironligi bo‘lgan shaxslar Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 6 apreldagi 170-son qarori hamda 2011-yil 8-sentabrdagi 252-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 163-bandi Pensiya miqdori fuqaroning ish staji davomiyligi va olgan oylik ish haqi miqdorlariga asosan turli hil miqdorlarda belgilanadi, lekin eng kam miqdori 648 000 so‘m.
Ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasi Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 29-moddasi Pensiya miqdori fuqaroning ish staji davomiyligi va olgan oylik ish haqi miqdorlarga asosan turli hil miqdorlarda belgilanadi, lekin eng kam miqdori 500 000 so‘m.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmoniga asosan joriy yilning 13 sentabr kunidagi senatning yig‘ilishida pensiya hisoblashning bazaviy miqdoriga o‘zgartirish kiritildi.
2023 yil 1 yanvaridan boshlab bazaviy hisoblash 10 baravaridan 12 baravariga o‘zgartirildi.misol : 324000 x 12 = 3 888 000
2023 yil 1 yanvaridan boshlab 1 va 2 guruh nogironlarining pensiya ishi pensiyaga chiqqandan keyingi davri ish stajiga qo‘shilib qayta hisoblanadi.
Misol uchun: 30 yil ish staj va 3 900 000 so‘m o‘rtacha oylik ish haqi olgan erkak kishiga 2022 yilda 1 944 000 so‘m yoshga doir pensiya tayinlangan
Pensiya hisobi o‘rtacha oylik ish haqi miqdori Pensiya hisoblash bazaviy miqdorining (324 000)ning 10 baravari (3 240 000so‘m)dan yuqori bo‘lganligi sababli,Pensiya hisoblash uchun 3 240 000 so‘m inobatga olingan
Pensiya tayanch miqdori 1 782 000 so‘m (Pensiyani hisob kitob qilish uchun inobatga olingan o‘rtacha oylik ish haqi 3 240 000 so‘mning 55 %
Ortiqcha ish staji uchun ustama 162 000 so‘m (3 240 000*5%)
Jami Pensiya miqdori 1 782 000+162 000=1 944 000 so‘m olib kelgan bo‘lsa
Ushbu fuqaroning pensiyasi 2023 1 yanvaridan qayta hisob kitob qilinib,2 332 800 so‘mni tashkil etadi,
Pensiya hisobi o‘rtacha oylik ish haqi miqdori Pensiya hisoblash bazaviy miqdorining (324 000so‘m)ning 12 baravari (3 888 000 so‘m)dan yuqori bo‘lganligi sababli,Pensiya hisoblash uchun 3 888 000 so‘m inobatga olinadi
Pensiya tayanch miqdori 2 138 400 so‘m (Pensiyani hisob kitob qilish uchun inobatga olingan o‘rtacha oylik ish haqi 3 888 000 so‘mning 55 %)
Ortiqcha ish staji uchun ustama 194 400 so‘m (3 888 000*5%)
Jami Pensiya miqdori 2 138 400+194 400=2 332 800 so‘m bo‘ladi
Yaʼni fuqaroning 2023 yil 1 yanvaridan boshlab pensiya miqdori amaldagida nisbatan 388 800 so‘mga oshadi.
Yuqoridagi Farmonga muvofiq,bugungi kunda Moliya vazirligi xuzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan o‘rtacha oylik ish xaqi miqdori 3 240 000 so‘mdan yuqori bo‘lgan barcha pensionerlarning pensiyalari qayta hisob kitob qilinib,pensiyasi oshadigan fuqarolarga joriy yilning dekabr oyida SMS xabar yuborildi.Pensionerlarning Pensiya miqdori avtomatik tarzda qayta hisob kitob qilinadi bunda pensionerlarni Pensiya jamg‘armasiga murojaat etish zarurati yo‘q.