Hokim va yoshlar uchrashuvi
Hokim va yoshlar uchrashuvi
Termiz shahrida sektor rahbarlari va yoshlar uchrashuvlari davom ettirilmoqda. Bugun, 14-dekabr kuni Termiz shahar hokimi O‘.To‘rayev va shahar prokurori X.Mamatqulovlar birgalikda “Do‘stlik” va “Chegara” mahallasi yoshlari bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.
Uchrashuvda yoshlarlarni qiynab kelayotgan muammolar va takliflari tinglanib, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ijobiy hal etish boʻyicha shahar hokimi tomonidan tegishli tashkilot rahbarlariga ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Shu bilan birga sektor rahbarlari yoshlarning bildirgan takliflarini qoʻllab-quvvatladi.