“SAXOVAT” MAHALLASIDA UCH AVLOD VAKILLARI BIRLASHDI
“SAXOVAT” MAHALLASIDA UCH AVLOD VAKILLARI BIRLASHDI
Bugun shahrimizdagi “Azizbek” tantanalar saroyida navbatdagi “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda, mehnat faxriylari, turli sohalarda fidokorona mehnat qilib, el-yurt hurmatiga sazovor bo‘lgan nuroniylar, diniy idora vakillari, oliy taʼlim muassasalari professor-o‘qituvchilari, davlat va jamoat tashkilotlari va faol yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘z olganlar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida so‘nggi yillarda islohotlar shiddat bilan avj olgani, iqtisodiyotni erkinlashtirishda salmoqli natijalarga erishilgani, O‘zbekiston dunyoga qayta bag‘rini ochganligi, qo‘shnilarimiz, rivojlangan davlatlar bilan yaqin do‘st bo‘lganligimiz, ochiqlik siyosatiga dadil qadam tashlanganligi alohida taʼkidlandi.
Shuningdek, eng muhimi, xalqimiz farovon yashashi uchun hududlar infratuzilmasini yaxshilashga alohida eʼtibor qaratilayotganligi va amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari natijasida, keyingi yillarda Termiz shahri yangicha qiyofa kasb etgani borasida fikrlar bildirildi.
amimiy muloqotda tinch va xotirjam hayotimiz, farovon kunlarimizga shukronalik tilga olindi. Bir piyola choy ustida davom etgan tadbirda sanʼatkorlarning qo‘shiqlari barchaga zavqu-shavq ulashdi.
Uch avlod vakillarini birlashtirgan ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Termiz shahar hokimi O‘ktam To‘rayev so‘zga chiqdi.