HOKIM YORDAMCHISI TASHABBUSI BILAN MAHALLADA TIBBIY KO‘RIK O‘TKAZILDI

HOKIM YORDAMCHISI TASHABBUSI BILAN MAHALLADA TIBBIY KO‘RIK O‘TKAZILDI

#Termiz_shahar
#Шодлик_MFY

Bugun, Termiz shahar “Shodlik” mahallasidagi Hokim yordamchisi Jamshid Xolmatov tashabbusi bilan Termiz shahar 4-sonli oilaviy poliklinikasi bosh shifokori Muxammadali Xolmatov hamkorligida mahalla aholisi uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.

Ko‘rikda “Temir daftar”, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari”da ro‘yhatda turuvchi hamda mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj va ehtiyojmand oila vakillari to‘liq qamrab olinib, ularga malakali mutaxassislar tomonidan tibbiy xizmatlar ko‘rsatildi.

Tibbiy ko‘rik davomida 50 nafar fuqaroga ambulator sharoitda va 8 nafar bemorga stasionar sharoitda davolanishlari uchun yo‘llanmalar berildi.