Surxondaryo: davlat boshqaruv organlari xolis axborot uchun ochiqmi?
Surxondaryo: davlat boshqaruv organlari xolis axborot uchun ochiqmi?
Termiz shahridagi Matbuot uyida davlat boshqaruv idoralari axborot xizmatlari rahbarlari uchun «Jamiyatda ochiqlikni ta’minlashda axborot xizmatlarining o‘rni» mavzuiga bag‘ishlangan o‘quv-seminar ташкил этилди.
Seminarda axborot xizmatlari xodimlarining yutuqlari va sohada yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar chuqur tahlil qilingani ahamiyatli bo‘ldi,– deydi Qumqo‘rg‘on tumani hokimligining axborot xizmati rahbari Nigora Jumayeva. –Tezkor va aniq dalillarga asoslangan xolis axborotga talab ortib borayotgan hozirgi paytda bu faoliyatimizni yanada takomillashtirishda muhim o‘rin tutadi. Kundalik ishimizni samarali tashkil etishga ko‘maklashadi.