"Siyosiy-ma’rifat soati" bo‘lib o‘tdi
"Siyosiy-ma’rifat soati" bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan davlat fuqarolik xizmatchilari uchun navbatdagi siyosiy-ma’rifiy o‘quv soati bo‘lib o‘tdi.
Unda Termiz shahar hokimligining apparat xodimlari ishtirok etishdi.
Siyosiy-ma’rifiy soatda spikerlar tomonidan Alisher Navoiyning davlat va jamiyat boshqaruvi sohasidagi islohotlari, korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlar, hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati haqida to‘xtalib o‘tildi.