Shavkat Mirziyoyev “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonni imzolad
Shavkat Mirziyoyev “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi
Qabul qilingan farmon loyihasi bo‘yicha 16,7 mingdan ortiq takliflar kelib tushgan. Ularni har tomonlama ko‘rib chiqish yakuniga ko‘ra, hujjatga qariyb 100 ta konseptual hamda 200 dan ortiq aniqlashtiruvchi tahririy o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Farmonda O‘zbekistonni keyingi 5 yilda rivojlantirishning 7 ta ustuvor yo‘nalishi doirasida 100 ta maqsadlarga erishishga qaratilgan va 2022 yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan 398 ta chora-tadbirlar nazarda tutilmoqda.
Rejalashtirilayotgan chora-tadbirlarni moliyalashtirishga 2022 yilda umumiy qiymati 55 trln so‘m va 11,7 mlrd dollar miqdoridagi mablag‘lar ko‘zda tutilmoqda.