Mehr ko‘zda
Mehr ko‘zda
Muhtaram Prezidentimiz tomonidan jamiyatimizdagi yetim bolalar va ota-ona qarmog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalashni tubdan yangilangan tizimini joriy etish, ularni barkamol avlod sifatida shakllanishi hamda ijtimoiy moslashuvini taʼminlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, yetim bolalar va ota-ona qarmog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2021 yil 9 avgust kuni “Yetim bolalar va ota-ona qarmog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5215-hamda 5216-sonli qarorlari qabul qilindi.
Mazkur qarorlar ijrosi yuzasidan mamlakatimizning barcha hududlarida amaliy ishlar boshlab yuborildi.
Xususan, Termiz shahridagi chin yetim ota-ona qarmog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni kasb-hunarga o‘rgatish va ularning bandligini taʼminlash bo‘yicha bolalarni yirik korxonalar va klasterlarga olib borish maqsadida tasdiqlangan reja grafikka asosan Termiz shahar hokimligi Bolalarni himoya qilish sho‘basi hamda Surxondaryo viloyati bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasi bilan hamkorlikda tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida bolalar mazkur yirik korxona haqida to‘liq maʼlumotga ega bo‘lish barobarida korxona rahbari tomonidan taklif etilgan ish o‘rinlari ularni mazkur sohaga bo‘lgan qiziqishlarini yana-da oshirdi.
Albatta mehrga muhtoj bolalarning har tomonlama qo‘llab quvvatlash xalqimizga xos yuksak insoniy fazilatlardan sanaladi.
Bir bolaga yetti mahalla – ota-ona, degan gap ham bejiz aytilmagan. Shu yurtda, jamiyatda yashayotgan har bir bolaning, u kimning zurriyoti bo‘lishidan qatʼi nazar, kelajagiga befarq bo‘lmay, unga mehr-eʼtibor ko‘rsatsak, nafaqat ularni turli yot g‘oyalarlar taʼsiridan asragan bo‘lamiz, balki yosh avlod oldidagi insoniy burchimizni ham ado etgan bo‘lamiz.
Qolaversa, davlatimiz rahbari taʼkidlaganlaridek, farzandlarimizga qilgan har bir yaxshiligimiz o‘n yaxshilik bo‘lib qaytadi!!!