Surxondaryoda yer silkinishi qayd etildi
Surxondaryoda yer silkinishi qayd etildi
FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, (https://t.me/rcsm_fvv/617) 10 yanvar kuni O‘zbekiston hududida mahalliy vaqt bilan soat 02:41 da yer silkinishi zilzila sodir bo‘ldi.
Epitsentr: Surxondaryo viloyati, Boysun tumani. Yer silkinishi koordinatalari: 38,38 gradus shimoliy kenglik; 67,43 gradus sharqiy uzunlik.
Magnituda M=4,4. Chuqurlik 15 km. Yer silkinishi epitsentri Toshkentdan 355 km janubiy-g‘arbda.
O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:
▪️Oltinsoy tumanida 3 ball, 34 km;
▪️Denov tumanida 3 ball, 35 km;
▪️Boysun tumanida 3 ball, 36 km;
▪️Sariosiyo tumanida 2-3 ball, 50 km;
▪️Qumqo‘rg‘on tumanida 2 ball, 57 km;
▪️Sho‘rchi tumanida 2 ball, 61 km;
▪️Bandixon tumanida 2 ball, 63 km;
▪️Qamashi tumanida 2 ball, 65 km;
▪️Uzun tumanida 2 ball, 70 km;
▪️Dehqonobod tumanida 2 ball, 71 km;
▪️Shahrisabz tumanida 2 ball, 71 km.