Munosabat

Joriy yilning 5 noyabr kuni ijtimoiy tarmoq orqali “Termiz shahrida temir yo‘l vokzali oldidagi katta chorrahadagi svetoforlar ikki kundan buyon ishlamayotgani haqida” murojaat yo‘llangan.

 

Mazkur murojaat masʼul tashkilot xodimlari tomonidan o‘rganib chiqilganda chorrahadagi svetoforlar texnik nosozlik sababli buzilganligi aniqlangan. Svetofordagi nosozliklar mutaxassislar tomonidan shu kunning o‘zida to‘liq bartaraf etilganligi maʼlum qilinadi.