YANGI O‘ZBEKISTON BO‘YLAB SAYOHAT QIL!

YANGI O‘ZBEKISTON BO‘YLAB SAYOHAT QIL!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 7 martdagi "Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 87 son farmonida
“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni «Yangi O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» shiori ostida har yili yurtimizdagi so‘lim go‘shalar, dam olish maskanlari va tarixiy shaharlarga sayohatlari tashkil etiladi.

Shu munosabat bilan bugun Termiz shahridan “Ayollar daftari”ga kiritilgan 40 nafar xotin-qizlar Samarqand shahriga sayohatga kuzatib yuborildi.