Aholi muammolari ijobiy hal qilinmoqda
Aholi muammolari ijobiy hal qilinmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual hamda Xalq qabulxonalari aholi muammolarini o‘rganib, ularni ijobiy hal etishda muhim ahamiyat kasb etyapti. Respublikamizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Surxondaryo viloyatida ham fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, ularni qiynayotgan muammolarni joyida hal etish yo‘lida olib borilayotgan ishlar samarasi o‘laroq shahar va qishloqlar obodlik kasb etib, og‘ir hududlar infratuzilmasi yaxshilanmoqda.