Surxondaryoda Davlat bayrogâi qabul qilingan kun keng nishonlanmoqda
Surxondaryoda Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun keng nishonlanmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan Surxondaryo viloyatining shahar va tumanlarida tantanali marosimlar tashkil etilmoqda.
Bugun erta tongda viloyat markazidagi “Bolajon bog‘i” hududida joylashgan katta bayroq ostidagi maydonda tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari I.Saparov, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, harbiylar, yoshlar hamda keng jamoatchilik faollari ishtirok etishdi.
Termiz shahri markaziy ko‘chalari bo‘ylab harbiylar, yoshlar, jamoatchilik vakillari ishtirokida marshlar o‘tkazildi.
Joylarda Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan tadbirlar davom etmoqda.