Murojaatlar joyiga chiqib o‘rganilmoqda

Murojaatlar joyiga chiqib o‘rganilmoqda

“Guliston” mahallasidagi “Hokim va yoshlar” uchrashuvi yakunlangandan so‘ng, shahar hokimi O‘.To‘rayev va mutasaddilar sayyor qabul va uchrashuvlardagi murojaatchilarni muammolarini joyiga chiqib o‘rgandi. Dastlab, “O‘zbekiston” mahallasida elektr simining qisqa tutashuvi natijasida uyi yonib ketgan fuqaro Q.Xamroqulov bilan suxbatlashilib, ushbu oilaga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

Shundan so‘ng, “Tuproqqo‘rg‘on” mahallasida tikuvchilik va matoga tosh qadab bezak berish faoliyatini boshlagan tadbirkor Nasiba Xolpo‘latovaning ish faoliyati bilan tanishildi. Yangidan ish boshlagan tadbirkorni qo‘llab-quvvatlash hamda uning faoliyatini kengaytirishi uchun zarur sharoitlar yaratib berish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.